Sirtqi bo`limda quyidagi ta’lim yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi

Ta’lim yo`nalishlari shifri

Ta’lim yo`nalishlari nomi

1. 5230200 Menejment (xizmatlar sohasi)
2. 5230600 Moliya
3. 5230700 Bank ishi
4. 5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
5. 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
6. 5231200 Sug’urta ishi
7. 5232100 Korporativ moliya

Sirtqi bo`limning vazifalari:

  • talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo`yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
  • o`qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o`zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
  • talabalar bilan o`quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko`rish;
  • mehnat muhofazasi, texnika va yong`in xavfsizligi bo`yicha tadbirlarni, bo`lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
  • o`quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o`qituvchilarning o`quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • institut Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
  • talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o`quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o`qituvchilarni taqsimlash;
  • sirtqi bo`limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o`zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.

Sirtqi bo`limning tashkil etilish tarixi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 - yil 21 - noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to`g`risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 930 - son qaroriga asosan institut sirtqi bo`limi tashkil etildi. 
       Sirtqi bo`lim Toshkent moliya instituti boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi bo`lib, uning faoliyati bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha talabalarni o`qitish, ta’lim - tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib borish, ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash,  shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Bo`lim O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, institut rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Ustavi hamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.
   Sirtqi bo`limda bo`lim boshlig`i va 1 nafar o`quv metodik ishlar bo`yicha uslubchi faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo`limda jami 1514 nafar talaba ta’lim olishadi. Shundan 1- kursda 506 nafar, 2-kursda 522 nafar, 3-kursda 305 nafar va 4-kursda esa 96 nafar talaba. Jami 1514 nafar talabalardan 251 nafarini qizlar 1263 nafarini o`g`il bolalar tashkil etadi.
    Sirtqi bo`limda ta’lim olayotgan talabalar institutda o`qish bilan birga ishdan ajralmagan holda iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalari, tuman filiallarida, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Hududiy moliyaviy organlari, g`aznachilik idoralari va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armalarida, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar Davlat Soliq Boshqarmalari, tumanlar Davlat Soliq inspekstiyalarida hamda turli korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritib kelmoqdalar.

1514

Jami talabalar soni

32

Jami o’qish davridagi fanlar soni

1080

Jami auditoriya soatlari

207

Jami bitirganlar