Sirtqi bo`limning tashkil etilish tarixi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to`g`risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 930-son qaroriga asosan institut sirtqi bo`limi tashkil etildi.
Sirtqi bo`lim Toshkent moliya instituti boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi bo`lib, uning faoliyati bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha talabalarni o`qitish, ta’lim - tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib borish, ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Bo`lim O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, institut rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Ustavi hamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo`limda bo`lim boshlig`i va 1 nafar o`quv metodik ishlar bo`yicha uslubchi faoliyat olib boradi.
Sirtqi bo`limda jami 929 nafar talaba ta’lim olishadi. Shundan 1- kursda 241 nafar, 2-kursda 388 nafar, 3-kursda 93 nafar va 4-kursda esa 207 nafar talaba. Jami 929 nafar talabalardan 273 nafarini qizlar 656 nafarini o`g`il bolalar tashkil etadi.
Sirtqi bo`limda ta’lim olayotgan talabalar institutda o`qish bilan birga ishdan ajralmagan holda iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalari, tuman filiallarida, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Hududiy moliyaviy organlari, g`aznachilik idoralari va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armalarida, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar Davlat Soliq Boshqarmalari, tumanlar Davlat Soliq inspekstiyalarida hamda turli korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Sirtqi bo`limda quyidagi ta’lim yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
№ | Ta’lim yo`nalishlari shifri |
Ta’lim yo`nalishlari nomi |
1. | 5230600 | Moliya |
2. | 5230700 | Bank ishi |
3. | 5230800 | Soliqlar va soliqqa tortish |
4. | 5230900 | Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) |
5. | 5230200 | Menejment(Xizmatlar sohasi) |
6. | 5232000 | Davlat byudjetining g`azna ijrosi |
7. | 5232100 | Korporativ moliya |
Sirtqi bo`limning vazifalari:
- sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo`yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
- o`qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o`zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
- talabalar bilan o`quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko`rish;
- mehnat muhofazasi, texnika va yong`in xavfsizligi bo`yicha tadbirlarni, bo`lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
- o`quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o`qituvchilarning o`quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- institut Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
- talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o`quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o`qituvchilarni taqsimlash;
- sirtqi bo`limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o`zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.